Brokgauz va Yefron ensiklopediyasining 42-tomida ushbu inson haqida uning milodiy XI asr matematigi, astronomi va faylasufi ekanligini oʻqish mumkin. Shu ensiklopediyaning 73-tomida esa oʻsha inson haqida uning fors shoiri, faylasufi ekanligi, Yevropa va Amerikada koʻplab muxlislari borligi, hatto uning nomidagi jamiyatlar mavjudligi yozilgan. Ismiga qaraganda, u nishapurlik toʻquvchi va chodir sotuvchisining oʻgʻli boʻlgan. Ushbu insonni ayting.
Umar ibn Ibrohim al-Xayyomiy yoki shunchaki Umar Xayyom, uning ismi forscha "xayma" — chodir soʻzidan kelib chiqqan.