Temir xarakterli bu inson bizning asrimiz boshlanishidan ikki yil oldin vafot etgan. Ammo 42 yildan keyin metallda yangi qisqa umr topdi. 27.05.1941-yilda u o'zining so'nggi to'ntarishini amalga oshirdi va bu bilan inglizlarning hayotini ancha yengillashtirdi. Bu insonning laqabini ayting.
Ingliz dengizchilariga ancha tashvish tug'dirgan "Bismark" linkori 1941-yil 27-mayda ingliz floti yordamida ag'darilib cho'kib ketgan... Kerakli laqab esa — "Temir kansler".