Faqat har yetti gollanddan biri Niderlandiya milliy madhiyasi matnini biladi. Ushbu achinarli boʻshliqni toʻldirishga "Grolsh" konserni rahbariyati kirishdi. "Endi har bir futbol ishqibozi 400 yildan koʻproq vaqt oldin yozilgan ushbu tantanali qoʻshiq musiqasiga joʻr boʻla oladi" — deb umid bildirdi ishqibozlarning didini yaxshi biladigan konsern vakili Paul Kennings. Koʻpchilikning qoʻlida madhiya matni boʻladi. Madhiya matni nimaning ustiga bosilgan boʻladi?