Yunon mifiga koʻra, oltin davrda odamlarni adolat maʼbudasi Dike yoki Astreya boshqargan. Keyinchalik odamlarning axloqi buzilgan va Astreya osmonga qaytib ketgan. Ammo hozir ham Yer yuzidagi 400 milliondan ortiq odam uni oʻz homiysi deb hisoblashi mumkin. Bu odamlar kimlar?
Bular Sunbul (Parizod) burji ostida tugʻilganlardir. Mifning bir variantiga koʻra, Astreya Sunbul yulduz turkumiga aylangan. Mifologik lugʻat. M. Prosvesheniye, 1985, 24-bet