Barchangiz Aleksandr Dyuma-o‘g‘lining mashhur "Kameliyali xonim" romani haqida eshitgansiz. Dyuma romanining qahramoni xayoliy shaxs emas. Bu XIX asrning 40-yillarida Parijda yaxshi tanilgan, muallifning o‘zi ham yaqindan bilgan Mari Dyuplessidir. Ushbu gullarga bo‘lgan ishtiyoqi tufayli "Kameliyali xonim" laqabini olgan Mari Dyuplessi bizga quyidagi aforizmni qoldirgan: "Men shakarlangan uzumni yaxshi ko‘raman, chunki uning ta’mi yo‘q, kameliyalarni yaxshi ko‘raman, chunki ularning hidi yo‘q va boy odamlarni yaxshi ko‘raman, chunki ularning..." Aforizmni yakunlang.