Mana 40 yildirki, dunyoning eng mashhur moda tanqidchisi janob Blekuell oʻzining “eng yomon kiyingan ayollar roʻyxati”ni zaharxandali sharhlar bilan eʼlon qilib keladi. Masalan, Angliya qirolichasi Yelizaveta II ga modaga mos kiyina olmasligi uchun: “Modada boʻlmagan hamma narsani qirolichadan topish mumkin” deb tanbeh bergan; Niderlandiya qirolichasi Yulianaga esa quyidagi fikrni bagʻishlagan: “Yarim tundan keyingi Zolushka”. Xoʻsh, uning fikricha, islandiyalik xonanda Byork qayerda kiyinadi?