Pekin olimpiadasining oʻyinlaridan birida amerikalik sportchi bilan koʻngilsiz hodisa yuz berdi. Unga uzoq urinishlardan soʻng, faqat maxsus asbob yordamida yordam bera olishdi. Jarayon shunchalik koʻp vaqt olgani ajablanarli emas: zero ushbu sport turi qoidalariga koʻra, parametrlardan biri kamida 40 santimetrni tashkil etishi kerak. Koʻngilsizlik takrorlanmasligi uchun keyingi oʻyinlarda sportchining barmogʻi yopishqoq lenta bilan oʻrab qoʻyildi. Tilga olingan parametrni ikki soʻz bilan ayting.