Bizga aniq maʼlum boʻlgan narsa shuki: bu rus dvoryani hayotining soʻnggi 40 yilini provinsiyada oʻtkazgan. U keksaygan yoshida, deyarli barcha qarindoshlaridan uzoqroq yashab vafot etgan, boz ustiga ulardan biri (akasi yoki qaynogʻasi) umrining oxiriga kelib deyarli xonavayron boʻlgan. Yana bir fakt maʼlum, ammo ortiqcha shov-shuvga sabab boʻlmaslik uchun uni aytmayman. Bu odamning familiyasini esa biz faqat taxmin qilishimiz mumkin, garchi ehtimollik darajasi yuqori boʻlsa-da. Ushbu familiyani ayting.