gotquestions.online

40-yillarning oʻrtalarida AQSHda harbiy uchuvchilarni omon qolish koʻnikmalariga oʻrgatish uchun oʻquv bazasi tashkil etildi. Oʻquv kursi turli xil aviatsiya halokatlari, parvoz hodisalari haqidagi batafsil hikoyalar bilan boshlanardi. Kursantlarning vazifasi oʻzlarini halokatga uchragan odam oʻrniga qoʻyish va najot uchun nima qilish kerakligini hal qilish edi. Instruktorlarning: "Sizning birinchi navbatdagi harakatlaringiz?" degan savoliga, juda koʻp salbiy maʼlumot olgan kursantlar koʻpincha: "Shu ishni qilaman", deb javob berishgan. Tajribasiz kursantlar aynan nima qilishni xohlashgan?

Manba