Diqqat, qora quti! Qora quti ichidagi narsa dastlab Gʻarbda ixtiro qilingan, SSSRda esa uni 40-yillarning oxirida joriy etishga qaror qilingan. Sovet hukumati mashhur Amerika ishlab chiqaruvchisiga murojaat qilgan, ammo u sobiq ittifoqchi bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan va oʻz kuchlariga tayanishga toʻgʻri kelgan. Ikki muhim komponentdan biri Kuybishev podshipnik zavodida tayyorlangan; boshqa komponent sifatida kuybishevliklar kastorka (kanaqunjut moyi) va kanifol aralashmasidan foydalanishni taklif qilishgan (oʻsha yillari bunday aralashma bilan pashshalar zaharlangan). Va 1949-yilda birinchi sovet shunday mahsuloti dunyoga keldi. Qora quti ichida nima bor?