Okean tubi aholisi hayot energiyasini tashuvchi har bir yorug'lik zarrasi uchun kurashadilar. Yorug'lik yetishmasligini ular turli moslamalar bilan qoplaydilar: kalmarlarning ko'zlari diametri 40 sm ga yetadi, boshqa hayvonlar gavhar va qorachiq shakli hisobiga yorug'lik yutilishini oshiradilar, teleskopik ko'zlar ham uchraydi. Xo'sh, quyosh nuri umuman kirmaydigan yanada chuqurroq joyda yashovchilarga ko'zlar nima uchun kerak?
O'zidan nur taratadigan jonzotlarni ko'rish uchun.