[Chigal yozdi] Amerika jangari filmi. Yovuz niyatli kimsalar Venesuelada yiliga 4 milliard dollar quvvatga ega soxta pul bosish zavodini qurishadi. FTB agentlari soxta pullarning sifatidan hayratda qolishadi. Qog'ozni haqiqiysidan ajratib bo'lmaydi. Shu bilan birga, haqiqiy qog'ozga aynan o'xshash qog'oz ishlab chiqarishni yashirincha yo'lga qo'yish yoki uni davlat zavodidan kerakli miqdorda o'g'irlash imkoniyati mutlaqo yo'q. Agentlar bu jumboqni butun bir yil davomida yechishga urinishadi. Ammo sizga bir daqiqa kifoya.