gotquestions.online

Oʻz fikrida qatʼiy tura oladiganlarga bagʻishlanadi. Shunday odamlar borki, ULARNI mutlaqo yoqtirmaydilar. Masalan, bir amerikalik ayol ULARNI "tabiatga zid, haromzoda maxluqlar" deb atagan va ULARNING dunyoga kelishini taqiqlovchi qonun chiqarishga chaqirgan. Tennessi shtati, Mori okrugi, Kolumbiya shahri aholisi esa bu shaharni ULARNING poytaxti deb atalishidan faxrlanadilar. 4-apreldan 7-aprelgacha shaharda ULARNING bayrami boʻlib oʻtadi. ULAR koʻchalarda bemalol yurishadi, bayramning oxirgi kunida esa ULARNING eng yaxshisiga toj kiydiriladi. Umuman olganda, Mori okrugi aholisi ULARNI shunchalik hurmat qilishadiki, hatto yaqindagi davrni belgilovchi epoxal voqea nomida bir harfni oʻzgartirib, voqeani aynan shunday atashadi. Xoʻsh, qanday?

Manba