Astronavtlar Yerga olib kelgan birinchi oy toshlaridan birining yoshi 4,6 milliard yil edi. Yerda esa barcha sinchkovlik bilan qidiruvlarga qaramay, hali 3,5 milliard yildan katta tosh topilmadi. Nima uchun buni Oyda amalga oshirishning imkoni boʻldi?
Toshlar togʻ jinsining bir qismi sifatida yogʻingarchilik, yemirilish va hokazolar natijasida parchalanadi. Oyda bularning hech biri yoʻq.