Rossiyada eng koʻp tarqalgan familiya Ivanov deb hisoblanadi. Ammo bu unday emas. Turli hududlarda boshqa familiyalar ustunlik qiladi. Eng koʻp tarqalgan 4 ta familiyani ajratib koʻrsatish mumkin. Shimoliy Volga boʻyida Smirnovlar familiyasi ustun. Moskvadan janubroq va sharqroqdagi hududlarda, ayniqsa Tula viloyatida bu — Kuznetsovlar. Ivanovlar faqat shimoli-gʻarbiy viloyatlarda: Sankt-Peterburg, Novgorodda toʻplangan. Savol: Rossiyaning shimoliy hududlarida qaysi familiya mutlaq ustunlik qiladi?
Rossiyaning shimoliy hududlarida mutlaq koʻpchilikni Popovlar tashkil etadi. U yerda XVIII asrgacha ruhoniylar tayinlanmagan, balki aholining oʻzi oʻz orasidan saylagan. Shu sababli "Pop" laqabi keng tarqalgan boʻlib, u familiyaga aylangan.