Avliyo Ioann vahiylarida shunday oʻqish mumkin: "Va taxt oldida billur kabi shaffof dengiz bor; taxtning oʻrtasida va uning atrofida oldi va orqasi koʻzlarga toʻla 4 ta hayvon bor". Kabbalistik kitoblarning asosiysi boʻlmish "Zogar" yoki "Ziyo kitobi"da aytilishicha, bu 4 hayvon Ganiel, Kafziel, Azriel va Aniel deb ataladi. Nikolas de Vor oʻzining "Astrologik ensiklopediya"sida ushbu toʻrt hayvonning xususiyatlari sfinksda mujassamlashganini taʼkidlaydi. Bu hayvonlardan kamida uchtasi kimlarga oʻxshashligini ayting.