Qadimgi xitoy ertagiga koʻra, bir vaqtlar yer yuzida odamxoʻr maxluq yashagan. U gʻorda yashar, uzun xartumi, tanasini qoplagan uzun yungi va 4 ta qanoti (2 ta katta va 2 ta kichik) bor edi. Oʻqlar maxluqqa taʼsir qilmas, hech kim unga hayotini xavf ostiga qoʻymasdan yaqinlasha olmas edi. Ammo bir kuni falokat yuz berib, u odamlarga katta zarar yetkazgan boʻlsa-da, maxluq bilan kurashish yoʻlini koʻrsatdi. Odamlar hozirgacha unga oʻxshashlarga qarshi shu usuldan foydalanadilar. Bu qanday usul?
Yongʻin gigant chivinning tutundan qoʻrqishini koʻrsatdi.