Tetrablits. Har biriga 15 soniyadan muhokama vaqti beriladigan 4 ta savol, javoblar bitta blankada topshiriladi. 1) Bosh qahramoni koʻzi ojiz boʻlgan «Ayol isi» filmi «U va asal» kitobi asosida suratga olingan. UNI bir soʻz bilan ayting. 2) Dastlab Venetsiyaning «gazetta» tangasida tasviri zarb qilingan inson ismini ayting. 3) Mashhur inson haqidagi maqolada quyidagi maʼlumotlar keltirilgan: «Grab, 10 ¼ [oʻn butun toʻrtdan bir], ajdarhoning yurak tomiri». Uning familiyasini ayting. 4) Dastlab ishlab chiquvchilar «Mad Max» litsenziyasidan foydalanmoqchi boʻlishgan, biroq buning oʻrniga «Oʻlim poygasi 2000» filmi litsenziyasini olishgan. Keyinchalik ular tomonidan chiqarilgan videooʻyin nomining dastlabki toʻrtta harfini ayting.