Yaqinda Britaniyada oʻtkazilgan soʻrovnomada Devid Bekxem birinchi oʻrinni egalladi — unga soʻrovda qatnashganlarning 37 foizi ovoz berdi. Ikkinchi oʻrinda 29 foiz bilan sobiq Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchill, uchinchi oʻrinda esa 21 foiz ovoz bilan marhum malika Diana joy oldi. Keyingi oʻrinlarda Uilyam Shekspir (13 foiz), aktrisa Ketrin Zeta-Jons va xonanda Robbi Uilyams (8 foizdan). Britaniyaliklar bu odamlarning barchasini qayerda koʻrishni xohlashgan?