Amerikalik olimlarning hisob-kitoblariga koʻra, oʻtgan asrning oxirida AQSHda har bir amerikalik yiliga oʻrtacha 363 millirentgen radiatsiya olgan. Bunda ushbu dozaning 55% i tuproqdan sizib chiquvchi radonga, 11% i inson tanasidagi kimyoviy elementlarga, 8% dan kosmik nurlar va radioaktiv togʻ jinslariga, 3% i isteʼmol tovarlariga va 4% i boshqa manbalarga toʻgʻri kelgan. Qolgan 11% ni u qayerda oladi?