U graf unvoniga ega edi va Yevropaning deyarli barcha qirollik sulolalari bilan qarindosh edi. Bolaligidan nogiron boʻlib, qisqa umri davomida sogʻligʻiga eʼtibor bermadi va 36 yoshida alkogolizmdan vafot etdi. Fohishaxonalardagi koʻplab dugonalariga u tez-tez: "Siz mendan xunukroq mijoz topolmaysiz", derdi. Ammo u tushkunlikka tushmasdi va "Ayolga egalik qilishning eng yaxshi yoʻli — uni chizishdir", deb takrorlardi. Bugungi kunda uning asarlari koʻrgazmalari "Parij zavqlari" nomi ostida oʻtkaziladi. U kim?