gotquestions.online

Ikki matematik uchrashib qoldi. Birinchisi ikkinchisidan farzandlari bor-yoʻqligini soʻradi. "Ha", — dedi ikkinchisi, "Uchta farzandim bor". "Ularning yoshi nechada?" — deb soʻradi birinchisi, bunga javoban ikkinchisi: "Ularning yoshlari yigʻindisi shu uydagi derazalar soniga teng, koʻpaytmasi esa 36 ga teng", dedi. Birinchi matematik uyga qaradi, oʻylanib qoldi va: "Bu maʼlumot yetarli emas", dedi. "Ha, albatta, butunlay esimdan chiqibdi: kichik oʻgʻlim — malla (sariq)", dedi ikkinchisi. Ikkinchi matematikning har bir farzandi necha yoshda?

Manba