Amerikalik psixolog Robert Livayn hamkasblari bilan birgalikda 36 ta Amerika va 22 ta xorijiy shaharlarda mahalliy aholining boshqalarga yordam berishga qanchalik moyilligi mavzusida tadqiqot oʻtkazdi. Tajribalardan biri quyidagicha edi: gavjum koʻchaning koʻrinadigan joyiga manzili yozilgan va markasi yopishtirilgan xat qoʻyib, yoʻlovchilarning munosabati kutilgan. Baʼzi mamlakatlarda savodsizlar shunchalik koʻp ediki, ular xat nimaligini umuman tushunishmagan, Tiranada (Albaniya) esa eksperimentatorlarga bu xatlar baribir yetib bormasligini, ularni trotuarda qoldirish yoki qutiga tashlashning farqi yoʻqligini tushuntirishgan. Isroil kabi juda madaniyatli davlatda ham konvertni koʻtarishmagan. Nima uchun?