Georgiy Nikitovich Kovalenko oʻzidan intervyu olgan barcha suratga olish guruhlari bilan tanishganda bir xil gapni aytardi: "Men Politbyuroning barcha aʼzolarini goʻrda koʻrganman". Georgiy Nikitovich 35 yildan ortiq vaqtdan beri goʻrkov boʻlib ishlaydi. Birorta ham masʼuliyatli dafn marosimi usiz oʻtmagan. "Eng qiyini, — degan edi Kovalenko matbuotdagi chiqishlaridan birida, — qabrni yopishdir. Chunki tuproqni roppa-rosa 4 daqiqa 30 soniya davomida tashlash kerak". Nima uchun aynan shuncha vaqt?