Olimlarning taʼkidlashicha, bu hayvonlar 35 million yildan beri mavjud, ularning 100 ta zoti bor, ular hidlarni burni va ogʻzi bilan seza oladilar, kamchiliklari — toʻgʻri qarshisidagi narsalarni koʻrmaydilar. Bu keng tarqalgan hayvonlar yaxshi oʻrganilgandek tuyulsa-da, olimlar ularning mamnuniyatni ifodalovchi bir harakati mexanizmini oxirigacha tushuna olmayaptilar, bu harakatga ushbu zalda oʻtirganlarning hammasi duch kelgan boʻlsa kerak. Bu qanday harakat?