Rus tilida bir necha oʻn minglab soʻzlar bor va ularning har biri odatda bitta tushunchani anglatadi. Rus alifbosi 33 ta harfdan iborat. Tabiat foydalanadigan tilda esa bor-yoʻgʻi 64 ta soʻz (har biri 3 harfdan) boʻlib, ular 20 ta tushunchani anglatadi (bir necha soʻz bitta narsani anglatishi mumkin). Bu tilning alifbosi 4 ta harfdan iborat. Biz ularni qanday belgilaymiz?