"Gazeta.ru" internet-nashrining unchalik bilimdon boʻlmagan muxbiri klonlashtirish haqidagi navbatdagi maqolasida "shov-shuvli" xabarni maʼlum qildi: goʻyoki Amerika huquq-tartibot idoralariga birinchi klonlashtirilgan inson chaqalogʻining 31 yoshli onasining ismi maʼlum boʻlgan emish. Toʻgʻri, uning qayerdaligi hali ham sir boʻlib qolmoqda. Shuning uchun sud chaqiruvi "Kloneyd" kompaniyasiga yuborilgan. Ushbu chaqiruv qogʻozi qaysi familiyaga yozilgan?