"Britaniyalik olimlar 3000-yilga borib insonning oʻrtacha boʻyi taxminan 2 metrni, oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi esa 120 yilni tashkil qiladi degan xulosaga kelishdi. Irqiy farqlar yoʻqoladi, chunki teri jigarrang tus oladi va hamma bir xil boʻladi. Bu insoniyatning [soʻz tushirib qoldirilgan] boʻladi...". Maqola muallifi tushirib qoldirilgan soʻz ushbu kontekstda qanchalik koʻp maʼnoli ekanligini tasavvur ham qilmagan boʻlsa kerak. Tushirib qoldirilgan soʻzni ayting.