Fransiyaning Nant shahrida tadqiqot maqsadlarida turli iqlim sharoitlarini sunʼiy ravishda yaratishga moʻljallangan tajriba qurilmalaridan biri joylashgan. Ushbu klimatron turli kameralardan iborat boʻlib, ularda qor boʻroni, tropik jala, tezligi 300 km/soatgacha boʻlgan dovul, -80°C gacha sovuq va +50°C gacha issiqni hosil qilish mumkin. Oxirgi texnika yutuqlari asosida qurilgan ushbu qurilmaning ishlashi, shubhasiz, haqiqiy fantastik manzara boʻlsa kerak. Balki shuning uchun ham fransuzlar unga kimning ismini berishgan?