Taxminan ikki oy davomida Peterburgning taniqli olimlari va antikvarlaridan iborat komissiya pskovlik bir savdogarning 300 ta katta qutiga zoʻrgʻa sigʻgan kolleksiyasini saralab, baholadi. Taqdir hazili bilan savdogarning familiyasi rus yozuvchisining mashhur qahramoni bilan bir xil edi. Agar kitob chiqqan vaqtda savdogar endigina olti yoshda boʻlmaganida, bu qahramonni savdogarning yovuz hajviyasi deb hisoblash mumkin edi. Bu qanday familiya?