Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahridagi koʻngilochar bogʻ egalari ommani misli koʻrilmagan tomosha bilan jalb qilishga qaror qilishdi. Belgilangan kuni bogʻga 300 mingga yaqin odam yigʻilib, maxsus tayyorlangan maydonchaga yopirildi. Natijada bogʻ maʼmuriyati gʻaroyibotni oʻrab olishga va "Qoʻl bilan tegish taqiqlanadi! Jarima!" degan lavhalar osib qoʻyishga majbur boʻldi. Qiziquvchan kuala-lumpurliklar nimani ushlab koʻrmoqchi boʻlishgan?