XIX asrning 30-yillaridan XX asrning 30-yillarigacha London chekkasidan Belvill oilasi vakillari muntazam ravishda shaharga kelib turishgan. Ular ikki yuzga yaqin mijozga xizmat koʻrsatishgan. Ular orasida banklar, birjalar va baʼzi aslzoda oilalar boʻlib, ular uchun Belvillar "sotadigan" narsaga ega boʻlish nufuz masalasi edi. Bu biznesni na telegraf, na radio yoʻq qila oldi, faqat telefon bu ishning uddasidan chiqdi. Belvillar ish vaqtida oʻzlari bilan olib yurgan "Jon Arnold va oʻgʻli" firmasi mahsulotini ayting.