30-yillarning boshlarida Yaponiyada paydo boʻlgan va u yerda keng tarqalgan texnologik yangilik Fors koʻrfazi mamlakatlari iqtisodiyotiga jiddiy zarba berdi. Yaxshiyamki, ular oʻzlarida neft topishdi, aks holda qashshoqlikda qolib ketishardi. Xoʻsh, yaponlar nima qilishgan edi?
Ustritsa fermalarida arzon marvarid yetishtirishni boshlashgan. Fors koʻrfazidagi koʻplab mamlakatlar iqtisodiyotining asosi aynan tabiiy marvarid eksporti edi.