Duplet. Har biri uchun 30 soniyadan muhokama vaqti berilgan ikkita savol. Javoblar bitta blankada topshiriladi. Savoldagi IKS va IGREK so‘zlari o‘rinbosarlardir. 1) NASAning Yer atrofidagi bo‘shliqni kuzatuvchi ko‘plab radioteleskoplardan iborat ulkan tarmoq yaratish loyihasini «IKS» deb nomlamoqchi bo‘lishgan. IKS o‘rniga qaysi ism qo‘yilgan? 2) Ma’lum bo‘lishicha, bir fotoapparat ishlab chiqaruvchisi «IKS» ismini savdo belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lgan ekan. Shuning uchun NASA loyihasi paradoksal ravishda «IGREK» deb nomlandi. IGREKLARDAN birining ismini yozing.