Oʻtgan asrning 30-yillarida AQSHning koʻplab gazetalarida ulardan xalos boʻlishga yordam beradigan jarrohlarga fantastik mukofotlar vaʼda qilingan eʼlonlar bosilgan. Gas Uinkler ularni "tortish" (podtyajka) orqali olib tashlashga harakat qilgan, Jon Dillinger esa kislotalar aralashmasi bilan kuydirmoqchi boʻlgan. Ammo keyinchalik baribir yangilari paydo boʻlavergan, toʻgʻri, avvalgidek emas. Shu bilan birga, fransuz olimlari Lokar va Vitkovskiy oʻz tajribalarida qaynoq suv, issiq moy va qizigan temirdan foydalanishgan. Ular bilan bogʻliq jarayonni bir soʻz bilan ayting.