Diqqat, savol-duplet. Har biriga 30 soniyadan muhokama vaqti beriladigan ikkita savol. Tarqatma material dupletning har ikkala savoliga tegishli. Dupletning birinchi savoli. Bir horror-oʻyinni oʻynash vaqtida foydalanuvchining mikrofoni yoqilgan boʻlishi kerak. Biz bir nechta harflarini tushirib qoldirgan ushbu oʻyin nomini tiklang. [Boshlovchiga: «toʻqlik» soʻzini ovoz bilan ajratib koʻrsating] Dupletning ikkinchi savoli. Bir sarguzasht oʻyinini oʻynash vaqtida foydalanuvchi qahramonning sogʻligʻi, ruhiy holati va eng muhimi, toʻqligini nazorat qilib turishi kerak. Biz bir nechta harflarini tushirib qoldirgan ushbu oʻyin nomini tiklang.