Agar jamoangiz toʻrtburchak stol atrofida oʻtirgan boʻlsa — jamoa sardori uzun tomonning oʻrtasiga, kimdir sardorning qarshisiga, qolgan oʻyinchilar esa stol burchaklariga oʻtirsin. Agar stol kvadrat boʻlsa, sardor istalgan tomonning oʻrtasiga oʻtirsin. Jamoangiz sardoriga 1-raqamni, qolgan oʻyinchilarga esa sardordan soat yoʻnalishi boʻyicha 2 dan 6 gacha raqamlarni beraylik. 3-raqamli oʻyinchi oʻng qoʻlini 2-raqamli oʻyinchining chap yelkasiga qoʻysin, 5-raqamli oʻyinchi esa chap qoʻlini 6-raqamli oʻyinchining oʻng yelkasiga qoʻysin. Endi 5-raqamli oʻyinchi sardorning oldidagi stol ustida oʻng qoʻli bilan 3-raqamli oʻyinchining chap qoʻlidan ushlab, uni imkon qadar qattiq qissin. Nomi "Obroʻ-eʼtiborga boʻysunish" soʻzlari bilan boshlanadigan kitob muallifining familiyasini yozing.