Britaniya — an’analar mamlakati. Britaniya parlamentining ko‘p asrlik an’analaridan biri kichik bir fabrikani ish bilan ta’minlaydi va soliq to‘lovchilarga yiliga qariyb 30 ming funtga tushadi. Parlament fabrika mahsulotini ancha keng tarqalgan va arzonroq narsaga almashtirib, bu pulni tejamoqchi bo‘ldi, biroq oxirgisining saqlash muddati qisqaligi — bor-yo‘g‘i 500 yil bo‘lgani sababli, almashtirishdan voz kechishga majbur bo‘ldi. Ushbu fabrika foydalanadigan asosiy xomashyoni ayting.