Bu voqea 30-40 yil oldin sodir boʻlgan. Moskvadan kelgan mehmonlar yozda Latviyaning bir shaharchasida kampirning uyidan xona ijaraga olishgan. Bir kuni sayrga chiqib ketayotib, xonadagi mebellarning joyini oʻzgartirishgan. Qaytib kelishsa, mebellar avvalgi joyida turgan edi. Bu holat yana ikki marta takrorlandi. Uchinchi martadan keyin mehmon uy egasidan nima uchun bunday qilayotganini soʻradi. "Buni ruscha qanday aytishni bilmayman, — deb javob berdi kampir. — Shekilli, rus tilida bunday soʻz yoʻq. Nemischa esa bu... deb ataladi". Qanday?