Ular rangli koʻrish qobiliyatiga ega va inson koʻzi ilgʻamaydigan 30 tagacha rang jilosini farqlay oladilar. Barcha ranglardan oq, moviy va sariqni afzal koʻradilar. Qizil rangni esa qora bilan adashtiradilar, shuning uchun ularning uylari qizil boʻlmaydi. Maʼlum sharoitlarda ularning bir oilasi moviy fondagi qora rangli obyektni xatosiz tanib oldi. Ushbu tanib olingan obyektni ayting.