gotquestions.online

Bundan 30 yildan koʻproq vaqt oldin nashr etilgan fantastik kitob qahramoni — kuchli radioteleskop orqali kosmosdan kelayotgan signallarni tutuvchi olim. Bu signallar guruh boʻlib keladi: 2-4, 3-7, 4-9, 5-11, 6-12 va hokazo, asta-sekin tezlashib boradi. Olim signallarni 84-210 gacha yozib olishga ulguradi, lekin undan uyogʻiga ulgurmaydi. U uzoq vaqt bu signallarning maʼnosini tushunishga harakat qiladi, to yordamchisi undan: "Ular (signal guruhlari) 92 ta yoki undan koʻp emasmidi?" deb soʻramaguncha. Shundan soʻng olim hammasini tushunadi. Ayting-chi, bugungi kunda yordamchi qaysi sonni aytgan boʻlar edi?

Manba