Bristol universiteti britaniyalik olimlar guruhining tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, 1998-yil 30-iyun kuni yurak xurujlari soni 25 foizga oshgan. Jabrlanganlarning aksariyati erkaklar edi. Buning sababchisi esa, garchi gʻalati tuyulsa-da, Nilsen familiyali daniyalik kishi edi. Oradan toʻrt daqiqa oʻtib u qarama-qarshi harakatni amalga oshirib, xatosini "tuzatgan" boʻlsa-da, baʼzilar uchun allaqachon kech edi. U nima qilgan edi?
Angliya terma jamoasi darvozasiga penalti belgilagan edi.