1992-yil 30-aprelda Jenevada Yevropa elementar zarralar fizikasi laboratoriyasi xodimi, ingliz Tim Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan texnologiya barcha uchun bepul bo‘lishi e’lon qilindi. "Tarixdagi ushbu kun" internet-axborotnomasining ta’kidlashicha, aynan shu paytdan boshlab sayyora bo‘ylab haqiqiy zafarli yurish boshlandi... Biz aynan nima ekanligini so‘ramaymiz — javob bering: gap qaysi texnologiya haqida bormoqda?
"Butunjahon o‘rgimchak to‘ri" (World Wide Web) texnologiyasi haqida.