Duplet. Har biriga 30 soniyadan muhokama vaqti beriladigan ikki savol. Savollarda IKS va IGREK soʻzlari bilan boshqa ikkita soʻzni almashtirdik. Dupletning birinchi savoli. 1893-yilda mashhur bir kishi Angliyaga qaytishga tayyorgarlik koʻrayotgan edi, shuning uchun u tantanali marosimda qatnashib, IKSni koʻtara olmadi. Ushbu mashhur kishining familiyasini ayting. Dupletning ikkinchi savoli. Mashhur kishiga lift IGREKni koʻtara oladimi degan qiyin savol berilganda, u tasdiqlovchi javob berdi. Ushbu mashhur kishining ismi va familiyasini ayting.