Duplet. Har biri 30 soniyalik muhokamadan iborat ikkita savol. Ikkala javob bitta blankada topshiriladi. 1226-yilda Angliyada U shunchalik qimmat ediki, qirol Genrix III banket uchun UNING uch funtini zoʻrgʻa sotib olgan. UNI qadimgi hind tilidan kelib chiqqan soʻz bilan ayting. 1574-yilda Venetsiyada qirol Genrix III sharafiga dabdabali banket boʻlib oʻtdi. Dasturxonlar, idishlar, oshxona anjomlari va hatto salfetkalar ham oʻsha paytlarda ancha moʻrt, ammo juda qimmat boʻlgan materialdan tayyorlangan edi. Ushbu materialni ikkita bir xil unli qatnashgan soʻz bilan ayting.