Duplet. 30 soniyadan ikki savol, javob bitta blankda topshiriladi. 1. Ingliz tilidagi Mathematical Fiction — "Matematik belletristika" saytida 500 dan ortiq asarlarning annotatsiyalangan roʻyxati mavjud boʻlib, ulardan baʼzilari u yerga tasodifan tushib qolgan. Ular orasida vatandoshimizning romani ham bor. Romanning bosh qahramoni — matematik, romanning nomida esa raqamlangan matematik termin bor. Ushbu romanni ayting. 2. Mathematical Fiction saytidagi roʻyxatda ingliz yozuvchisining hikoyasi ham bor. Hikoyaning bosh qahramonlaridan biri — matematik, hikoyaning asl nomida esa problem — "masala" soʻzi bor. Ushbu hikoyani ayting.
1. "Birinchi doirada" (V kruge pervom). 2. "Xolmsning soʻnggi ishi" (The Adventure of the Final Problem).