Duplet. Har biri 30 soniyadan ikkita savol, javoblar bitta blankda topshiriladi. 1) Lestershirda oʻldirilgan Richard III ning jasadi topilgach, uning qoldiqlari Lester soboriga dafn qilindi. Biroq, dafn marosimiga yana bir ingliz shahri daʼvogarlik qilgan edi. Qaysi shahar? 2) 2022-yilning qaygʻuli voqealaridan biri haqidagi maqolada nomaʼlum muxlis tomonidan yuborilgan butun bir yuk mashinasi ALFAlar tilga olinadi. ALFAni ikki soʻz bilan ayting.