Duplet. Har biri 30 soniyadan muhokama qilinadigan ikki savol. Javoblar daqiqa oxirida bitta blankada topshiriladi. 1. Google Maps xizmati foydalanuvchilari suratga olishdagi nuqson tufayli kalta va ikki oyoqli boʻlib qolgan mushuk tasvirini topishdi. Savol muallifi ushbu mushukda BOʻSHLIQ deb hisoblaydi. BOʻSHLIQni toʻldiring. 2. Savol muallifining fikricha, agar mashhur asarni mushuk yozganida, u BOʻSHLIQ oʻtdi deb aytgan boʻlardi. BOʻSHLIQni toʻldiring.