Duplet. Har biri uchun 30 soniyadan muhokama vaqti beriladigan ikkita savol. 1. Ushbu shahar gerbida uchta minorani koʻrish mumkin. Shuningdek, bu shahar Parijdan Santyago-de-Kompostelagacha boʻlgan "Avliyo Yoqub yoʻli" ziyorat yoʻnalishining asosiy nuqtalaridan biri boʻlgan. Shaharni ayting. 2. Ushbu shahar gerbida kumush shoxli oltin buqa tasvirlangan. Shuningdek, bu shahar boshqa bir ziyorat yoʻnalishining yakuniy nuqtasidir. Shaharni ayting.