Duplet. Har biriga 30 soniyadan muhokama vaqti beriladigan ikkita savol. Har ikki savolda «U» soʻzi bir xil soʻzni almashtirib keladi. 1. U oʻz nomini murchdan (perets) olgan. Ammo UNING asosiy masalligʻini hisobga olsa, UNI mashhur multfilm qahramonidan tayyorlanadi deb oʻylash mumkin. UNI ayting. 2. Savol muallifining fikricha, katana oʻrniga U bilan qurollangan oʻrta asr yapon jangchisi qanday soʻz bilan ataladi?